"Matbuot uyi" binosi O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga berildi

Prezidentning "Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy manzilida joylashgan “Matbuot uyi” bino va inshootlari O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida berildi.

Shuningdek, ushbu binoga davriy bosma nashrlarning tahririyatlari ijara haqi to‘lamasdan (kommunal to‘lovlar va ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar bundan mustasno) joylashtirilishi mumkin.

Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda quyidagi ishlar amalga oshirish ko'zda tutilmoqda:

- qarorning 12-bandida keltirilgan bino va inshootlar hamda ularga tutash hududda zamonaviy media shaharcha tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni 2023–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin;

- ushbu loyiha bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash uchun 2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan va o‘zlashtirilmagan mablag‘lar hisobidan yetarli miqdorda mablag‘ ajratish choralarini ko‘rish yuklandi.

Zamonaviy media shaharcha loyihasi yakuniga yetkazilguniga qadar O‘zbekiston Milliy axborot agentligi o‘z faoliyatini Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 42-uy manzilida joylashgan binoda davom ettirishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40906 | Инструменты