Huawei 1
Maxsus ko‘nikmalarni talab qiladigan davolash choralarini ko‘rgan shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi

“Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-185-son, 19.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida maxsus ko‘nikmalarni talab qiladigan davolash choralarini ko‘rgan hamda yuqori xavf darajasiga ega bo‘lgan amaliyotlarni samarali amalga oshirgan shifokorlarning oylik maoshlariga 25 foizdan 100 foizgacha ustama to‘lanadi.

2025 yil 15 iyungacha Tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda, 2025 yil yakunigacha qolgan hududlarda aholi “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda tibbiyot brigadalariga biriktiriladi.

Shuningdek, “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, 2025 yil 1 iyundan Dastur doirasida qisqa muddatda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi, jumladan:

— tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinib, o‘rindiqlar bilan taʼminlanadi;

— aholi, bemorlar, nogironlar harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi;

— “Ona va bola” xonalari tashkil qilinadi, xonalar va yo‘laklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52509 | Инструменты