Mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanishi belgilandi

Prezident tomonidan “Yo'l harakati to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–900-son, 19.01.2024-y.) imzolandi. 

Qonunga ko'ra, mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:

— ish beruvchidan harakatlanish yo'nalishi, tashiladigan yuk haqida, o'z hayoti va sog'lig'i uchun mavjud bo'lgan tahdid to'g'risida, zararli va (yoki) xavfli omillar ta'siridan o'zining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot olish;

—  shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanish;

—  yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha shart-sharoitlarni yaxshilash bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishda ishtirok etish;

—  o'z hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan vaziyatda, tashishni rad etish;

—  yo'l harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o'tish;

—  mehnat vazifalarini bajarish chog'ida o'z sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi;

—  ish beruvchining yo'l harakati sohasidagi g'ayrihuquqiy qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50113 | Инструменты