“Mening bog‘im” tashabbuslariga ovoz berish boshlandi

“Mening bog‘im” loyihasining 2024 yil 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi, deya e’lon qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Ovoz berish bosqichi 6-iyul soat 10:00 ga qadar davom etadi.

Bu muhlatgacha fuqarolar 627 ta mahallada joylashgan 738 ta tashabbusdan biriga ovoz berishi mumkin.

Ovoz berishning uchta yo‘li bor:

  1. “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi orqali;
  2. portalning mobil ilovasi orqali;
  3. Telegram-bot orqali.

Ilk marta o‘tkazilayotgan “Mening bog‘im” loyihasining birinchi mavsumiga jami 52 mlrd so‘m ajratilgan. Bu mablag‘ hisobidan respublikaning eng ko‘p ovoz olgan kamida 208 ta nuqtasida yashil jamoat parklari tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70100 | Инструменты