"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi o'z ramzini o'zgartirishi ma'lum bo'ldi
Ertaga “Milliy tiklanish” DP Markaziy kengashining navbatdan tashqari Plenumi boʻlishi ma'lum qilindi.
Unda partiyaning ramzini oʻzgartirish boʻyicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Milliy tiklanish demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov o'z telegramsahifasida.
Unga ko'ra, ishchi guruhiga ushbu loyiha bo'yicha yuzga yaqin takliflar kelib tushgan.
Takliflarga yagona shartimiz afsonaviy Semurgʻ qushi ramzini saqlab qolish edi. Chunki, bu ramz dunyoning barcha xalqlari uchun tiklanish va taraqqiyot ramzi hisoblanadi. Lekin, partiya uchun ushbu ramzga buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy tomonidan singdirilgan gʻoya muhim.
Alisher Navoiy hazratlari “Lison ut-tayr”da “…farovonlik qushi Semurgʻni izlab, yoʻlda xarob boʻlgan oʻttiz qush anglaydilarki, birlashsalar izlagan maqsadlari ularning oʻzlari edi”, deyiladi xabarda.
Bunda “Milliy tiklanish” partiyasi jamiyatda gʻoyalar turli boʻlsada, Oʻzbekiston uchun doimo birlashish shart ekanligiga qatʼiy ishonishi ham qo'shimcha qilingan.
Shuningdek, bugungacha kelib tushgan takliflardan 4 tasini ishchi guruhi Plenumga tavsiya qilmoqchi. Plenum ertaga 16:00 ga belgilangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildiring, fikringiz biz uchun juda muhim, deyiladi Qodirov bayonotida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22101 | Инструменты