1-aprel kuni soat 11:10 da Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani "Do‘ngariq" MFY hududida haydovchi boshqaruvida bo‘lgan "HOHAN" rusumli yuk avtomashinasi yo‘l transport hodisasi oqibatida katta ariqqa tushib ketganligi, haydovchi esa olgan tan-jarohati oqibatida yuk avtomashinaning ichida qolib ketganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan FVB yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan haydovchi qutqarilib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Haydovchining ahvoli yaxshi.
"Shu o‘rinda, barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz", deyiladi FVV xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40223 | Инструменты