Huawei 1
Misrdan 4,2 mln dollarlik «gepatit C»ga qarshi dori vositalari keltirildi

Misr O‘zbekistonga «gepatit C»ga qarshi dorilar yetkazib berishni qayta tikladi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14 dekabr kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan ajratilgan insonparvarlik yordamining sakkizinchi partiyacini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazgan. Ushbu partiyadagi yordam umumiy 30 dona qutidagi 7200 dona «Sofosbuvir-400 mg» dori vositalarini o‘z ichiga oladi.

Endilikda mazkur dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan umumiy qiymati 4,2 million dollarga teng bo‘lgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi «Daklatasvir» va «Sofosbuvir», V gepatitiga qarshi «Entekavir» dori vositalarining beg‘araz grant yordam sifatida O‘zbekistonga berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Hozirga qadar vazni 13,4 tonna, umumiy qiymati 1461 ming dollarga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121623 | Инструменты