Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi yangi qurilgan domning devori shamoldan ko‘chib tushgani aks etgan video tarqaldi. Hozirda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur holat nazoratga olingan.
Qayd etilishicha, Termiz shahri “Guliston” MFY hududidagi 5 qavatli 20 xonadonli turar joyning tashqi devor yon tomonidan 35-40 m2 qismi kuchli shamol taʼsirida ko‘chib tushgan.
Hozirda buyurtmachi-pudratchi tashkilot “Termiz qurilish industriya sanoat” IK tomonidan muammoni bartaraf etish maqsadida barcha kerakli qurilish materiallari olib kelingan va tegishli ishlar olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121623 | Инструменты