Huawei 1
Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi sudda UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazdi

Toshkent shahar ma'muriy sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi “UzAuto Motors” AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasiga nisbatan Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo'yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishi bo'yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas deb topildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasidan arizachi “UzAuto Motors” AJ foydasiga shikoyat keltirishda to'langan davlat boji 2 230 000 so'm va 20 000 so'm pochta xarajatlari undirish belgilandi.

Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tomonidan qonun hujjatlari talablari buzilganligi holati yuzasidan xususiy ajrim chiqarish yo'li bilan munosabat bildirildi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • mansur
    30
    mansur 4 yil avval

    kudi qanaqa isbotla keltirilganini gapi gapiga tug'ri kemidi.yana yopiq sud bulishini talab qiganiga qoyil

  • Зохидбек
    33
    Зохидбек 4 yil avval

    Шафофлик йукда барибир


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты