Muhtojlik darajasi o'ta yuqori bo'lgan fuqarolarning hududlar kesimidagi ro'yxati tuzildi

Ehtiyojmand oilalarga Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarorlariga muvofiq, “Mahalla” fondi va “Saxovat va ko'mak” jamg'armalaridan zarur mablag'lar ham ajratiladi.

- Joylardagi mahalliy hokimliklar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari bilan birgalikda manzilli ro'yxat asosida zarur oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlaridan iborat moddiy ko'mak yordamlarini shakllantiradi.

- Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan hozircha muhtojlik darajasi o'ta yuqori bo'lgan 101 ming 980 nafar fuqaroning hududlar kesimidagi ro'yxati shakllantirildi.

- Joylarda shakllantirilgan ro'yxatlarda mavjud bo'lmagan, ammo zarur oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj bo'lgan fuqarolar 1197 qisqa raqamli telefon tarmog'iga murojaat qilishlari hamda o'z ehtiyojlarini bayon etishlari mumkin. Mazkur telefon tarmog'i orqali bog'langan fuqarolar murojaati ham alohida e'tiborga olinadi hamda ularga ham zarur ijtimoiy yordam mahsulotlari yetkazib beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62206 | Инструменты