Huawei 1
Mustaqillik bayrami kunlari temir yo‘l chiptalariga ham 50 foizgacha chegirmalar beriladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2022 yil 1–4-sentabr kunlari ichki yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlari tarif qismidan kiritilgan chegirmalarjoriy etmoqda:

- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;

- Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;

- Oilaviy bo‘lib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;  

- Bir jamoa, guruh bo‘lib poyezdga chiqsa (yo‘riqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan – 15%;

- "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10%.

Ma'lumot o'rnida, imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50% gacha chegirma e’lon qilgan edi. Shuningdek, bu yil Mustaqillik bayrami munosabati bilan O'zbekiston aholisi 4 kun ketma-ket dam oladi. Ushbu dam olish kunlari haftaning payshanbadan (1-sentyabr) yakshanba kunigacha (4-sentyabr) to'gri keladi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90708 | Инструменты