O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan 1-3 sentyabr dam olish kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekistondagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini taʼminlash maqsadida, pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentyabr kuniga qadar ularning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi farmoni (PF-108-son) ga muvofiq joriy yil sentyabr oyi pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda pensionerlarga to‘lanishi taʼminlanadi.
Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga to‘lovlar 4-sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42820 | Инструменты