Buning uchun unga chegaradosh bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on tumanidan 472,4 gektar yer maydoni qo‘shib beriladi
2022-yil 24-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.
Unda “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumani, shuningdek Namangan shahrining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasi qarori loyihasini muhokama qilindi.
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida Namangan shahrini istiqbolda “bir millionlik shahar”ga, yaʼni “megapolis”ga aylantirish, investitsiyaviy muhit yana-da yaxshilanishi natijasida halqaro zamonaviy brendlar va yirik kompaniyalarning shaharga kirib kelishi, urbanizatsiya jarayonlari sezilarli darajada tezlashishi, shaharning “aqlli shahar” konsepsiyasi asosida boshqarish tizimi yaratilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Namangan shahrida bir yilda aholining o‘rtacha o‘sishi 30,3 ming kishini tashkil etishi hisobga olingan holda 2040-yilga kelib aholi soni tabiiy ravishda 1,2 mln kishiga yetishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur qaror bilan Namangan shahrini “millionli shahar”ga aylantirish maqsadida unga chegaradosh bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on tumanidan
472,4 gektar yer maydonini qo‘shib berish, hududda “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Qayd etilganidek, ushbu qarorning qabul qilinishi aholini munosib ish o‘rinlari bilan taʼminlash maqsadida shahardagi mavjud savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida, shuningdek maydoni 164,2 gektar bo‘lgan 4 ta kichik sanoat zonasida 41,0 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga erishiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51122 | Инструменты