Huawei 1
Namanganda "103" mashina haydovchisi halok bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Avvalroq, Namanganda "103" mashinasi YTHga uchrashi oqibatida uning haydovchisi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning "Uzreport.news" manbasiga ma'lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi. 

Qayd etilishicha, Chortoq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan.

Chortoq tuman tibbiyot birlashmasining tibbiy maʼlumotnomasiga ko‘ra, A.N.ning olgan tan jarohati: qorin qismi yopiq shikasti, qorin bo‘shlig‘i organlari yorilishi, postgemorragik shok IV-darajasi ekanligi ko‘rsatilgan.          

Marhum A.N.ning tan jarohatlari va o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza, yo‘l-transport hodisasi yuzasidan sud-trassologiya ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70711 | Инструменты