Huawei 1
Namanganda 16 yoshli qiz mashina haydab, ona va singlisining o‘limiga sabab bo‘ldi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro o‘zining boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 16 yoshli qiziga ishonib topshirgan. Bu haqda viloyat YHXB Matbuot xizmati xabar qildi.

Aniqlanishicha, haydovchining o‘rniga qizi, old o‘rindiqqa o‘zi o‘tirgan. Orqa o‘rindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi bo‘lgan.

Voyaga yetmagan qiz avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtda yo‘lning xavfli burilish qismida o‘ng tomonga burilayotgan vaqtida tajribasizligi sabab rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘lning o‘ng tomonidan oqib o‘tuvchi Andijon kanaliga tushib ketgan.

Hodisa sabab orqa o‘rindiqda bo‘lgan ona va kichik qizalog‘i nafas yo‘liga suv tiqilishi tashxisi bilan vafot etgan.

Mashina boshqargan voyaga yetmagan qiz va uning dadasi tan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41618 | Инструменты