Huawei 1
Namanganda bank xodimi mijozlarni 60 mln so'mdan ortiq pulga "chuv tushirdi"

Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi, AT “Xalq banki” Norin tumani filialida ishlovchi, 1985-yilda tug‘ilgan shaxs fuqarolarning 60 mln so'mdan ortiq pullarini ularning xabardorligisiz o'zlashtirib olgani aniqlandi. Holat yuzasidan viloyat IIB A xborot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.

2023-yil 16-iyul kuni Norin tuman IIB huzuridagi TBda to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, bank xodimi “HUMO” plastik kartalariga bankning dasturiy taʼminotidagi login parolidan foydalanib, o‘zining telefon raqamiga SMS xizmatini ulab olgan. U shuningdek, mobil ilovalar orqali axborot tizimiga ruxsatsiz kirgan holda fuqarolarning  jami 60 403 218 so‘m pullarini talon-toroj qilganligi fosh bo'ldi.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi (O'g'rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90623 | Инструменты