Huawei 1
Namanganda Haj ziyoratiga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarni chuv tushirgan ayol ushlandi

Namangan shahrida Haj ziyoratiga bormoqchi bo‘lganlarni chuv tushirgan ayol qo‘lga tushdi.

Ma’lum qilinishicha, ayol Haj ziyoratiga bormoqchi bo‘lgan bir qancha fuqarolarning ishonchiga kirib, tovlamachilik qilgan. Shundan so‘ng aldangan odamlar Ichki ishlari organlariga murojaat qilgan.

Keltirilishicha, shaharning Davlatobod tumanida yashovchi ayol 26-iyun kuni Namagan tumanida yashovchi fuqaro va uning turmush o‘rtog‘iga o‘zini Farg‘ona shahridagi ko‘ptarmoqli xususiy korxonada ish boshqaruvchi bo‘lib ishlashini, qonuniy tartibda Haj safari uchun Saudiya Arabistoniga yuborishini va safar uchun beriladigan pul mablag‘lari evaziga barcha sharoit hamda imtiyozlar yaratilishini aytgan.

Shundan so‘ng ulardan jami 13 ming dollariga teng teng bo‘lgan 140 million 907 ming so‘m pulni olib, Haj vizasini olib bermasdan firibgarlik qilgan.

Tekshiruv davomida, ayolning shu tumanda yashovchi yana bir oiladan 14 ming dollar, boshqa bir oiladan 20 ming dollar, tumanning Xonobod mahallasida yashovchi fuqaro va uning turmush o‘rtog‘idan 15 731 dollar, boshqa bir fuqarodan jami 7 ming dollar, yana boshqa fuqarodan esa 7400 ming dollar miqdoridagi pullarni olib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyoj chorasi qo‘llanilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51206 | Инструменты