Huawei 1
Namanganda haydovchi 25 nafar bolalarni bir "Damas"ga sig'dirib, bog'chadan olib kelayotgani aniqlandi — video

️Namangan viloyati Namangan tumanida "Damas" haydovchisi o'z avtomobilida 25 nafar bolani olib ketayotgani aniqlandi.

Haydovchi holatni izohlar ekan, u har kuni bolalarni bog‘chadan olib qaytishi, shu safar ularning soni ko‘payib ketganini ma'lum qilgan. Unga ogohlantirish berilib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

Qoidalarga ko'ra, 12 yoshga to‘lmagan bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida tashish taqiqlanadi. Shuningdek, tashilayotgan yo‘lovchilar soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lmasligi kerak. Damas uchun bu miqdor 7 yo‘lovchini tashkil etadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga ko‘ra, haydovchilarning odam tashish qoidalarini buzishi bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi (150 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50802 | Инструменты