Namanganda ichimlik va oqova suv tariflari oshiriladi

Joriy yil 30-yanvar kuni viloyat hokimi “Namangan suv taʼminoti” AJda bo‘lib, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasida olib borilayotgan ishlar, bu borada ustuvor vazifalar ijrosini muhokama qilgan edi. O‘shanda soha mutaxassislari  viloyat rahbariga aholi uchun 1 m3 ichimlik suvga 4000 so‘m narx belgilashni taklif etishgan.

Shavkatjon Abdurazzoqov bu summani kamaytirish uchun topshiriq berib, uning manbaalarini ham ko‘rsatib o‘tdi. Jumladan, eng avvalo, tizimdagi “rejalashtirilgan yo‘qotish” ko‘rsatkichlarini kamaytirish lozimligini uqtirdi.

Shundan kelib chiqib, “Namangan suv taʼminoti” AJ tomonidan ichimlik va oqava suv taʼriflari qayta ko‘rib chiqilib, tegishli xulosaga ko‘ra:

1-guruh(aholi)ga 1 m3 ichimlik suv uchun 3500 so‘m;

2- va 3-guruh(byudjet va boshqa tashkilotlar)ga 7000 so‘m;

1 m3 kanalizatsiya xizmati uchun 1 - guruh(aholiga)ga 800 so‘m;

2- va 3-guruh(byudjet va boshqa tashkilotlar)ga 975 so‘m taklif etildi.

Deputatlar bu masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, yangi taʼriflarni tasdiqladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты