Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 17-dekabr kuni Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd natijasida 8-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil etib, sheriklari bilan o‘ynayotganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilinishi maʼlum qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121916 | Инструменты