“Hududgaz Buxoro” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Gʻijduvontumangaz” GTB va prokuratura xodimlari ishtirokida Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, tumanning Saidkent mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro E.A. oʻz xonadonida tashkil qilgan issiqxonada hisoblash uskunasini chetlab oʻtib, tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan va “zangori yonilgʻi”dan noqonuniy foydalangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi va davlat manfaatlariga 91,8 mln soʻmlik zarar keltirilgani aniqlandi.
Voqea boʻyicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121915 | Инструменты