Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti va DXX tomonidan Toshkent shahrida oʻzini shubhali tutgan haydovchi kuzatuvga olindi.
U boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasi Toshkent viloyati Parkent tumanida toʻxtatib tekshirilganda duxovka ichidan taxminiy narxi 2 mlrd 800 mln soʻmga teng boʻlgan 2 kg 160 gr sintetik giyohvandlik vositasini borligi aniqlandi. Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noqonuniy muomaladan 10800 marotabalik sintetik giyohvandlik moddalarining tarqalishini oldi olindi.
IIV Tezkor qidiruv departamenti, DXX va Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda uch nafar shaxslar “Lasetti” avtomashinasida kelib, “maxsus xaridor”larga 3 kg gashish giyohvandlik vositasini “zakladka” usulida yashirilgan joydan olib bergan vaqtida ushlandi. Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida ushlangan 7 nafar shaxsdan 3 kg gashish giyohvandlik vositasi olindi.
Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida esa 1965-y.t. shaxs “maxsus xaridor”ga 5000 AQSH dollariga 1 kg gashish giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan boʻlsa, 2000-yilda tug'ilgan shaxs Chilonzor tumanida maxsus xaridorga 200 gr “Gashish” giyohvandlik vositasini 3000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Aniqlangan holatlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121918 | Инструменты