Huawei 1
Namanganda ruhiy nosog‘lom shaxs "Jiguli"ni olib qochdi

Namanganda ruhiy nosog‘lom shaxs avtomashinani o‘g‘irladi. Qayd etilishicha, 24-sentabr kuni noma’lum shaxs Namangan shahar Alisher Navoiy nomidagi mahalla hududida joylashgan istirohat bog‘i oldida 55 yoshli Yo.M.ga tegishli bo‘lgan "VAZ-2106" rusumli mashinaning eshiklari ochiq va qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, uni olib qochgan.

Shuningdek, avtomobilni topish va noma’lum shaxsni ushlash borasida olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida mazkur avtomashinani Yangiqo‘rg‘on tumani Buloqboshi hududida joylashgan dala maydonida noma’lum shaxs boshqarib ketayotganda IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Gumonlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritilganda, u Yangiqo‘rg‘on tumani Sho‘rko‘l ko‘chasida yashovchi ruhiy nosog‘lom 30 yoshli K.M. ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilayotgani ma’lum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62410 | Инструменты