Huawei 1
Namanganda taʼlim xodimlariga majburiy chipta sotgan rasmiy jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda uyushtirilayotgan bayram konsertiga Namangan tumanidagi  maktab va davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlariga majburiy ravishda chipta sotilayotgani iddao qilingan xabar tarqalgan edi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati, bergan maʼlumotga ko‘ra, holat yuzasidan tezkor ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan.

"Jarayonda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi xodimi tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiptalar sotilgani aniqlandi. MMTB xodimiga “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi umumtaʼlim muassasalarida majburiy, asossiz va qonunga zid ravishda har qanday pul mablag‘lari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligini  bildiradi.

Hozirda taʼlim muassasalari xodimlariga pullari qaytarib berildi", – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты