Chust tumani adliya boʻlimiga tumanda faoliyat koʻrsatayotgan “LIMPID DALE” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari murojaat qilib, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan mukammal taʼmirlash ishlarini bajarilgan boʻlsada, toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmayotganligi sababli ushbu mablagʻlarni undirib berishda amaliy yordam berishlikni soʻragan.
Ushbu murojaatni oʻrganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.
Jumladan, “LIMPID DALE” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Chust tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi oʻrtasida 2021-yilda pudrat ishlarini bajarish uchun shartnomalari tuzilgan.
Shartnomalar shartlariga koʻra jamiyat maktabini mukammal taʼmirlash ishlarini bajarishi hisobiga javobgar esa qarzdorlikni toʻlab berish majburiyatini olgan.
Jamiyat tomonidan shartnomalar shartiga koʻra jami 151212103 soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlarini bajarilgan bo’lsada , javobgar tomonidan qarzdorlik toʻlab berilmagan.
Vaholanki, oʻzaro tuzilgan shartnomaning 2.3–bandida sotib oluvchi tovar qabul qilib olingach, taqdim etilgan hujjatlarga asosan 30 (oʻttiz) kundan ortiq boʻlmagan muddatda uzil-kesil hisob-kitobni amalga oshirishi belgilangan.
Javobgar tomonidan tasdiqlangan jadvalga koʻra javobgar daʼvogardan qarzi borligi tasdiqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksning 324-moddasida Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shartligi belgilangan.
Ushbu holat yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subʼyekti manfaati yuzasidan Chust tumanlararo Iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi.
Sud tomonidan mazkur nizo koʻrib chiqilib, daʼvo qanoatlantirilib, Chust tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimidan “ LIMPID DALE ” masʼuliyati cheklangan jamiyati foydasiga 151 212 103 soʻmlik qarzdorlikni undirish yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11000 | Инструменты