Huawei 1
Namanganda yosh bola o‘z onasini kaltakladi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda yosh bola o‘z onasini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmatining xabar qilishicha, holat bo‘yicha Davlatobod tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman hokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, holat Davlatobod tumanidagi 80-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi ishtirokida sodir bo‘lgan.

O‘quvchining onasi va buvisi tomonidan unga nisbatan qilingan qo‘pol harakat va haqoratlarga bardosh bera olmasdan, u stress taʼsirida kuch ishlatgan.

"Ona va voyaga yetmagan shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, tomonlar yarashtirildi. Ularga nisbatan ogohlantirish choralari ko‘rilib, kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tegishli mutasaddi organlar tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilganligi bildiriladi", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42723 | Инструменты