Huawei 1
Namangandagi 5 ta AYOQSHda sifatsiz avtobenzin sotilish holatlari aniqlandi

Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya”,  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi hamkorligida Namangan viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “O.Y.S.” MChJ, Mingbuloq tumanidagi "G.B.O.S." MCHJ va Namangan shahridagi "K.N" MCHJ hamda Yangi Namangan tumanidagi "B.Y.M." va "I.R.G" MChJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122506 | Инструменты