Huawei 1
“Navoiyazot” AJning ammiak sexi faoliyati sud qarori bilan vaqtincha to‘xtatildi

“Navoiyazot” AJ va Karmana tumanida joylashgan “Sogda kimyo zavod” MCHJga qarashli uchta sex faoliyati sud qarori bilan vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda boshqa mutaxassislar tomonidan Navoiy shahri va Karmana tumani atrofidagi I va II toifali korxonalar, shuningdek, hududdagi ohak pishirish xumdonlari faoliyati o‘rganilgan. Nazorat tadbirlari davomida 22 ta korxona ekologik talablarga zid tarzda faoliyat olib borayotgani aniqlangan. Qaror asosida ushbu korxonalar faoliyatini to‘xtatish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan va 25 nafar masʼullarning maʼmuriy javobgarlik masalasi hal qilingan.

Bundan tashqari, atmosferaga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi 22 ta korxona yoki sexlar faoliyatini to‘xtatish yuzasidan iqtisodiy sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan. Mazkur daʼvo arizalaridan 20 tasi Karmana tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, 19 tasi qanoatlantirilgan.

Jumladan, sud qarori bilan “Navoiyazot” AJning 23-sexi (ammiak) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek, Karmana tumanida joylashgan “Sogda kimyo zavod” MCHJga qarashli uchta sex faoliyatiga ham Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan vaqtincha chek qo‘yilgan.

Reyd tadbiri davomida 92 ta noqonuniy, yaʼni qo‘lbola usulda qurilgan ohak pishirish xumdonlari aniqlanib, tegishli tashkilotlar ishtirokida to‘liq buzdirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92514 | Инструменты