Bu holatga viloyat Ekologiya boshqarmasi aniqlik kiritdi
Ijtimoy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 30 boshdan ortiq qo‘yni noma’lum hayvon bo‘g‘izlab ketgani xabar qilindi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 9-iyuldan 10-iyulga o‘tar kechasi Xatirchi tumani Yangirabod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga tegishli bo‘lgan qo‘y-echkilarga yovvoyi itlar tomonidan hujum qilingan.
Mazkur hodisaning kelib chiqish sabablari tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman veterenariya bo‘limi, tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi bo‘limi hamda tuman obodonlashtirish bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. Ayni paytda tuman veterenariya bo‘limi xodimlari tomonidan 15 bosh qo‘y-echkilarga nisbatan davolash ishlari olib borilmoqda.
"Shu o‘rinda, fuqarolarga ortiqcha vahima hamda xavotirga berilmasliklarini ta’kidlab o‘tamiz. Hozirda shog‘al (chiyabo‘ri)ni tutish uchun barcha ta’sir choralari ko‘rilgan bo‘lib, mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10710 | Инструменты