Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda “Amirliklarning Yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida markazda yetishtirilgan 600 ta yo‘rg‘a tuvaliq Uchquduq va Konimex tumanlarining cho‘l hududlariga qo‘yib yuborildi.
Ma’lumot uchun, yo‘rg‘a tuvaloq O‘zbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan qushlardan hisoblanadi.
Markaz o‘z faoliyatini boshlagandan beri qariyb 19 minga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq tabiat bag‘riga uchirildi.
Avvalroq ham Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq va Konimex tumanlarining cho‘l hududlariga markazda yetishtirilgan jami 2 600 ta yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilgandi. Bundan tashqari, Qoraqalpog'istonda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan noyob qush - yo‘rg‘a tuvaloqlarining 402 tasi ko'paytirish uchun qo'yib yuborilgani haqida xabar qilgan edik. Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan 7 dona itolg‘i qushi tabiatga qo‘yib yuborilgani xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты