Huawei 1
Navoiyda ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi K.R ham hali chillasi chiqmagan chaqalog‘ini 10 mln so‘mga baholadi. 

DXX viloyat boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.R chaqalog‘ini qo‘shni mahalladagi Z.Sga 10 mln so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. 

Ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91918 | Инструменты