Huawei 1
19-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

OTB O‘zbekistonda mikrokorxonalarni rivojlantirish uchun 300 mln dollar ajratadi

Qayd etilishicha, dastur o‘z ichiga bank xizmatlari bilan qamrab olinmagan yoki yetarli darajada qamrab olinmagan mikrokorxonalarni qo‘llashni oladi.

Farg‘ona va Namanganda chiqindi yoqish zavodlarini qurish rejalashtirilgan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida vazir Aziz Abduhakimov va "China Everbright Environment" kompaniyasi boshqaruvi raisi Xuan Xaysin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Buxoroda qadimiy tangalarni O‘zbekistondan olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida qadimiy numizmatika buyumlarini mamlakat hududidan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Hakamlik sudlarini roʻyхatdan oʻtkazish va hisobga olish faqat DXM va YaIDXP orqali amalga oshiriladi

Davlat хizmatlari hamda NNTlarning chet el fuqarolari boʻlgan хodimlarini va ularning oila a’zolarini akkreditatsiya qilish faqatgina DXM va YaIDXP orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim krediti ajratishning yangi tartibi tasdiqladi

Hujjat bilan, oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.

2026-yilgacha Toshkent metropoliteniga 104 ta metro vagonlari olib kelinadi

2023-yilda poytaxt metrosi 172 mln nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, joriy yil yakunigacha bu 209 mln nafar yo‘lovchini tashkil etishi kutilmoqda.

Rossiya temir yo‘llari O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Mamlakatlar o‘rtasida sayyohlik poyezdlari, shuningdek, “Agroekspress” poyezdlarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

“Inbazar” MCHJ tadbirkorlik subyekti sifatida tugatilish bosqichida

Soliq qo‘mitasi bu bo'yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda

Kasb tanlashda fanlar ketma-ketligi inobatga olinmaydi. Ta’lim tilini o‘zgartirgan holda tegishli kasb va mutaxassisliklarni tanlash va tanlovda ishtirok etish mumkin.

Nurmat Atabekov: COVID-19 ning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlangani yo‘q va u salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi

Dunyoning qator mamlakatlari bo‘ylab COVID-19ning XEC nomli yangi shtammi tarqalayotgani, u kelgusi oylarda dominant variantga aylanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Soliq qo‘mitasi “to‘lovlar”ni jo‘natishdagi muammolarga izoh berdi

Qayd etilishicha, joriy yilning sentabr oyida ayrim tijorat banklari yangi axborot tizimidan foydalanishga o'tgan va bu haqda Soliq qo'mitasini xabardor qilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92000 | Инструменты