2022-yil dekabr oyining o‘tgan davrida “O‘zneftgazinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar 192 ta holatda isteʼmolchilar tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklarini aniqlashdi.
Ushbu noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 10,2 mlrd so‘mni va gaz hajmi 10,2 mln kub metrni tashkil etgan.
Agar bu hajmdagi tabiiy gaz o'z o'rnida ishlatilganida, o‘rtacha 17 mingga yaqin hovli uylardagi xonadonlarning kuz-qish mavsumida bir oylik iste'moliga yetgan bo'lardi.
Noqonuniy foydalanish holatlari asosan Navoiy (2,4 mlrd so‘m), Jizzax (2,0 mlrd so‘m), Buxoro (0,9 mlrd so‘m), Qashqadaryo (0,267 mlrd so‘m), Toshkent viloyati (0,8 mlrd so‘m) va Toshkent shahrida (0,165 mlrd so‘m) aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Hamkorlikdagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga doir:
Toshkentda noqonuniy neft savdosi bilan shug‘ullangan 2 nafar fuqaro ushlandi
“Hududgaztaʼminot”ning Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olindi
Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты