Huawei 1
Navoiyda “O‘zbekiston boylab sayohat qil!” Ichki turizm yarmarkasi o‘tkazildi

Ichki turizm yo‘nalishida “To‘rt faslning har birida sayohat” turizm mavsumining ochilishi doirasida hamda viloyatning turistik salohiyatini oshirish, aholi orasida ichki sayohatlarni kengaytirish maqsadida, Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazida joriy yilning 27-mart kuni Ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada ichki turizm sohasida faoliyat yurituvchi 100 ga yaqin turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va barcha korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi korxona, tashkilotlar hamkorligida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida uchrashuvlar tashkillashtirilib, shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33112 | Инструменты