Fuqaro K.X.ning Navoiy viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.A. va S.S.lar Xatirchi tumani “Madaniyat” mahallasi hududida joylashgan “Ya. D.” fermer xo‘jaligiga 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan 33 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonining 11,5 gektar qismini 32 ming AQSH dollari evaziga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 24 ming AQSH dollari va 102,8 mln. so‘m pullarni olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11614 | Инструменты