Huawei 1
O'zbekistonda oilaviy korxonalar soni 69 914 tani tashkil etdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 69 914 tani tashkil etdi.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

— savdo sohasida – 23 388 ta;

— sanoat sohasida – 20 174 ta;

— yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 11 791 ta;

— qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 7 144 ta;

— sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 816 ta;

— qurilish sohasida – 626 ta;

— tashish va saqlash sohasida – 624 ta;

— axborot va aloqa sohasida – 493 ta;

— boshqa sohalarda – 4 858 ta.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11616 | Инструменты