Huawei 1
Daniya Bosh vaziri: Grenlandiya mustaqillikni o'zi hal qiladi

Grenlandiya o'z mustaqilligi to'g'risida qaror qabul qiladi. Bu haqda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan telefon suhbatida aytib o‘tdi.

“Suhbatda Bosh vazir Grenlandiya Vazirlar Mahkamasi raisi Mute Egedening Grenlandiya sotilmasligi haqidagi bayonotiga ishora qildi, Bosh vazir mustaqillik toʻgʻrisidagi qarorni Grenlandiyaning oʻzi qabul qilishi kerakligini aytdi”, — deyiladi idora bayonotida.

Frederiksen va Tramp Arktikada xavfsizlikni mustahkamlash masalasini ham muhokama qilgan. Daniya bosh vaziri uning mamlakati bu mintaqada xavfsizlik uchun yanada katta mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga tayyorligini aytdi.

7-yanvar kuni Tramp milliy xavfsizlikni taʼminlash uchun Grenlandiya Qoʻshma Shtatlar tarkibiga kirishi kerakligini aytdi. 2019-yilda, birinchi prezidentlik davrida u Qo'shma Shtatlar Daniya tarkibidagi hudud bo'lgan va keng avtonomiya huquqlariga ega bo'lgan Grenlandiyani sotib olishi mumkinligini aytdi. O'sha paytda Grenlandiya va Daniya hukumati bu g'oyaning bema'niligini e'lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11616 | Инструменты