Huawei 1
“Tashabbusli budjet” jarayoniga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.  

Unga ko‘ra, har yili tuman va shahar budjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilandi. Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, tuman va shahar budjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd so‘m etib belgilandi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11615 | Инструменты