Huawei 1
Nodavlat mulkchilikidagi tashkilotlar tomonidan 199,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 199,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97,0 %ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 6,1 trln so‘m yoki jamiga nisbatan 3,0 %ni tashkil etdi.

Jami qurilish ishlaridagi ulushi (2024 yil uchun, %da):

  • Yanvar-mart: davlat mulki — 3,4 %, nodavlat mulki — 96,3 %;
  • Yanvar-iyun: davlat mulki — 3,6 %, nodavlat mulki — 96,4 %;
  • Yanvar-noyabr: davlat mulki — 3,0 %, nodavlat mulki — 97,0 %.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10814 | Инструменты