Huawei 1
O'zbekiston elchisi Britaniyaning taniqli ijod uyi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O'zbekiston elchixonasida Londonda joylashgan "Renée Pfister Art & Gallery Consultancy"san'at va galereyalar bo'yicha maslahatlar taqdim etuvchi ijod uyi ta'sischisi va direktori Rene Pfister bilan uchrashuv o'tkazildi

"Art & Gallery Consultancy" tashkiloti yirik madaniy tadbirlar, ko'rgazmalar hamda san'at haftaligi doirasida o'tkaziladigan dasturlarni ishlab chiqish bo'yicha o'z xizmatlarini taqdim etadi.

Rene Pfister muzeylar va san'at olamida o'ttiz yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan taniqli badiiy rahbar, kurator, registrator va biznes maslahatchi hisoblanadi. Tashkilot Londonda ta'sis etilgan. Uning professional faoliyati 1992-yilda Britaniya muzeyida kurator yordamchisi sifatida boshlangan. U hozirda London siti universitetida "The Business of the Visual Arts and Curating & Exhibition Management" o'quv kurslarini o'tkazib kelmoqda.

Uchrashuv davomida Rene Pfister tomonidan O'zbekistonda san'at va madaniyat sohasida amalga oshiralayotgan keng-ko'lamli islohotlarni yuqori e'tirof etilib, kelgusida tashkilotning respublikadagi idora va korxonalar bilan hamkorliklarni yo'lga qo'yish hamda kengaytirishga o'z hissasini qo'shishga tayyorligi bildirildi.

Muloqot davomida kelgusida nufuzli yo'nalishlarda qo'shma tadbirlar va ko'rgazmalarni o'tkazish hamda san'at sohalarida hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, "Renée Pfister Art & Gallery Consultancy"ning yirik madaniy tadbirlar va san'at ko'rgazmalari loyihalarini boshqarish hamda ularni o'tkazish amaliyotlarida katta tajribaga egaligi ta'kidlandi.

Suhbat yakunida Rene Pfister tomonidan "Renée Pfister Art & Gallery Consultancy" bilan O'zbekistonning manfaatdor idora va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish masalalarida amaliy ko'mak ko'rsatishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10908 | Инструменты