2025-yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarorida poytaxt mahalliy byudjetining 2025-yildagi daromadlari jami 9,4 trln so‘m miqdorida belgilandi.
Daromadlar
Poytaxt byudjetining eng katta tushumini (1,8 trln so‘m) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i berishi kutilmoqda. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 1,5 trln so‘m edi. Bu borada o‘sish 18,2% ni tashkil qilgan.
Shuningdek, davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash xarajatlariga 35 mlrd so‘m ajratiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10908 | Инструменты