“Nogironligi bo'lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-41-son, 03.02.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-martdan tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida, 2025-yil 1-oktabrgacha respublikaning qolgan hududlarida 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo'lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo'lga qo'yiladi.
Bunda nogironligi bo'lgan bolalar kunduzgi parvarish xizmatiga ularning ota-onalari bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari o'rtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilangan tartibda berilgan xulosaga muvofiq qabul qilinadi.
2025-yil 1-martdan kunduzgi parvarish xizmatiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy etiladi:
Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning nogironligi bo'lgan har bir bolasi uchun yuqorida ko'rsatilgan subsidiya umumiy miqdorining 30 foizi miqdorida qo'shimcha mablag' to'lab beriladi.
Avvalroq, bolalarda nogironlikning oldini olishga ko'maklashuvchi tizim yaratilishi haqida xabar qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20516 | Инструменты