Huawei 1
Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi

“Nogironlik pensiyasi va kompensasiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilash to'g'risida”gi Hukumat qarori (398-son, 30.06.2025-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan “Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish” sxemasi tasdiqlandi.

Qarorga ko'ra, proaktiv shaklda pensiya tayinlangan yoki tayinlash rad etilgani to'g'risidagi ma'lumotlar fuqarolarga SMS-xabar ko'rinishida yuboriladi.

Bunda SMS-xabarni yetkazish imkoni bo'lmaganda xabarlar respublika byudjeti mablag'lari hisobidan fuqaroning yashash manziliga yetkazib beriladi.

2025-yil 1-oktabrgacha “Pensiya” axborot tizimida fuqarolarning JSHSHIR ma'lumotlari asosida ularning nomiga rasmiylashtirilgan mobil aloqa abonent raqamlariga qo'ng'iroq qilish imkoniyati yaratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82612 | Инструменты