Norin daryosidan o'tgan salkam yarim kmlik yangi ko‘prik qurilishi yakunlandi

Norin daryosi ustida Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini viloyat markazi bilan bog‘lovchi yangi ko‘prikning qurilish ishlari yakunlandi. Bu haqda viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko'prik uzunligi 481,5 metrni tashkil etib, mamlakatdagi daryo ustida qurilgan eng yirik va uzun inshootlardan biri hisoblanadi.

"Loyiha doirasida 17,5 kilometr yangi yo‘l ham bunyod etiladi. Ayni paytda Uchqo‘rg‘on tumani hududidan mazkur ko‘prikka olib keluvchi yangi yo‘lni qurish ishlari davom etmoqda", - deydi boshqarma. 

Tumanning "Qozoqovul" mahallasidan o‘tuvchi yangi yo‘l nafaqat aholi uchun qulay harakatlanish imkoniyatini yaratadi, balki hudud iqtisodiyoti rivojiga ham katta turtki beradi.

Mazkur ko‘prik va yo‘l foydalanishga topshirilgach davlat ahamiyatidagi D 109 "Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on–Xaqqulobod–Andijon" avtomobil yo‘lidagi transport oqimi va tirbandliklarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90518 | Инструменты