Holat bo'yicha Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tekshiruv ishlarini olib borgan. Natijada fuqaro yolg'on ma'lumot bergani va aslida ushbu baliq turi Siam somi ekani aniq bo'lgan
Kuni kecha Farg'onadagi ko'p qavatli turar joyning yer to'lasida hovuz o'rnatilib, unda turli baliqlar boqilayotgani ma'lum bo'lgandi. Unda fuqaro o'zi katta qilayotgan baliqlarning turi so'ralganda, akula ekanligini ma'lum qilgan.
Bir muddat o'tib, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi matbuot xizmati holat bo'yicha qo'shimcha ma'lumot berdi. Holat o'rganilganda, ushbu uyda yashovchi fuqaro T.M. tomonidan, aslida, akula emas, balki Siam somi balig‘i boqilayotganligi ma'lum bo‘lgan.
"Afsuski, internetda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula boqilyapti, degan noto‘g‘ri xabar tarqalib ketdi. Buning uchun uzr so‘rayman. Hozirda baliqlarni yerto‘lada emas, uyimning hovlisiga joylashtirganman", — dedi fuqaro.
Ma'lumot uchun, Siam somi balig‘i akvarium balig‘i hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishi akulaga o‘xshaganligi uchun “Akulasimon som” (Akuliy som) yoki shunchaki Pangasius nomi bilan ham tanilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90512 | Инструменты