Huawei 1
Novosibirskda hujjatlar bilan bog'liq muammolar sababli qiyin ahvolda qolgan oilaga yordam ko'rsatildi

Sibir poytaxtida og'ir hayotiy vaziyatga tushib olgan yurtdoshlarimiz bo'lgan oila mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida O'zbekistonga qaytdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Bosh konsulxona xodimlari tomonidan Novosibirskda hujjatlar bilan bog'liq muammolari tufayli yurtimizga qayta olmayotgan to'rt kishidan iborat oilaga yordam ko'rsatildi. Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi. Natijada, ushbu oila a'zolarining hujjatlari bilan bog'liq barcha muammolar tezkorlik bilan bartaraf etildi. 

Hamyurtlarimiz 28-noyabr kuni Novosibirsk aeroportidan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121302 | Инструменты