Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning noyabr oyida respublika bo‘yicha 34 ming 735 ta nikohdan o'tish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 taga oshgan. Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:
— Samarqand viloyati – 4196 ta
— Qashqadaryo viloyati – 4188 ta
— Farg‘ona viloyati – 3864 ta
— Surxondaryo viloyati – 3593 ta
— Andijon viloyati – 3396 ta
— Namangan viloyati – 2986 ta
— Toshkent viloyati – 2360 ta
— Toshkent shahri – 2095 ta
— Xorazm viloyati – 1875 ta
— Buxoro viloyati – 1776 ta
— Jizzax viloyati – 1463 ta
— Qoraqalpog‘iston – 1357 ta
— Sirdaryo viloyati – 874 ta
— Navoiy viloyati – 712 ta
Shuningdek, O'zbekistonda 10 oyda 233 mingdan ziyod nikoh holatlari qayd etilgan. Bunda O'zbekistonning qaysi hududida xorijiy davlatlar fuqarolari bilan eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma'lum qilingan. Respublikada 74,7 ming nafar qizlar 20 yoshgacha turmushga chiqqan. Qiziqarli faktlardan: Eng ko‘p toshkentlik va buxorolik yigitlar o'zidan katta yoshli qizga uylangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62215 | Инструменты