“Elektr energiyasini taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish” dasturi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Uning doirasida elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish maqsadida butun mamlakat bo‘ylab 60 ta asosiy nimstansiyani modernizatsiya qilish va raqamlashtirishga investitsiyalar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi 27-oktabr kuni O‘zbekistonda elektr energiyasini taqsimlash tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish uchun $100 mln qarz ajratishni ma’qulladi.
“Elektr energiyasini taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish” dasturi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Uning doirasida elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish maqsadida butun mamlakat bo‘ylab 60 ta asosiy nimstansiyani modernizatsiya qilish va raqamlashtirishga investitsiyalar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Dastur, shuningdek, “O‘zbekiston MET”ning institutsional salohiyatini mustahkamlash va kompaniya faoliyati samaradorligini oshirishga, jumladan, moliyaviy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish, kiberxavfsizlikni kuchaytirish, ekologik va ijtimoiy standartlarga rioya qilish sifatini oshirish hamda kompaniyadagi bandlik sohasida gender tengligini ta’minlashga xizmat qiladi.
2031-yilga borib dastur tufayli modernizatsiya qilingan nimstansiyalarda yillik elektr energiyasi yo‘qotishlari 20 ming megavatt-soatga (MVt/soat) qisqarishi kerak. Bundan tashqari, elektr tarmog‘iga kamida 3,3 GVt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini integratsiya qilish uchun sharoit yaratiladi. Dastur, shuningdek, har yili deyarli 23 ming tonna uglerod oksidiga teng miqdordagi issiqxona gazlari ajralishining oldini olish imkonini beradi.
Modernizatsiya qilingan energetika infrastrukturasi obyektlari foydalanishga topshirilgandan keyin besh yil davomida dastur 11,7 mingga yaqin qo‘shimcha sifatli ish o‘rinlari yaratilishiga ham ko‘maklashishi kutilmoqda.
Jahon banki dasturni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan birgalikda to‘liq o‘zaro ishonchning global mexanizmi (Full Mutual Reliance Framework, FMRF) doirasida moliyalashtirmoqda. Ushbu mexanizm ikki moliyaviy institutning dasturni tayyorlash va uni amalga oshirishni nazorat qilishga yagona yondashuvini ko‘zda tutadi, bu esa tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va O‘zbekiston hukumati uchun tartib-taomillarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102814 | Инструменты