"O‘lim charxpalagi" deya talqin qilingan attraksion bo'yicha izoh berildi

31-may kuni charxpalak attraksioni skotchlangani va trosslari uzilib ketishi xavfi ostida qolgani hamda xavfli holatga kelib qolgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Mazkur videolavhada aks ettirilgan “Charxpalak” attraksioni qo‘mitaning masʼul xodimlari tomonidan joriy yilning 13-mart kuni Andijon viloyatida mavsumga tayyorgarlik doirasida ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish ishlari natijasi bo‘yicha “Z.M.Bobur” nomli madaniyat va istirohat bog‘i hududida o‘rnatilgan attraksionlardan foydalanish yuzasidan quyidagi talablar buzilganligi aniqlangan.

- attraksionlarning metall konstruksiyalarini putur yetkazmay nazoratdan o‘tkazilmagan;
- attraksion elektr jihozlarini yerga zaminlash va izolyatsiyasi qarshiligini o‘lchash bo‘yicha xulosa olinmagan;
- elektr tarmoqdan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qilinmagan;

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Andijon hududiy boshqarmasi tomonidan “Z.M.Bobur” nomli madaniyat va istirohat bog‘i hududida o‘rnatilgan barcha attraksionlar foydalanishga ruxsat berilmagan.

Mazkur attraksion hozirda taʼmirlanayotganligi Bog‘ maʼmuriyati tomonidan Qo‘mita vakillariga izoh berilgan.

Hozirda Bog‘ maʼmuriyatiga mazkur attraksionni taʼmirlab bo‘lgandan so‘ng masʼullarni ruxsatisiz faoliyat boshlamasliklari bo‘yicha ogohlantirilib, hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga attraksionni elektr tarmog‘idan uzish bo‘yicha xat yuborilgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan masala bo‘yicha Biznes Vakilga tekshirish yuzasidan buyurtma kiritildi. Holat bo‘yicha mazkur masala tekshirilib, natijalari yuzasidan qo‘shimcha maʼlum qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты