O‘qituvchilar o‘rtasida Erkin Vohidov nomidagi "E, Voh" respublika oʻzbek tili olimpiadasi anʼanaviy tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

PQ-308-son qarori ilovasiga ko‘ra "2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish dasturi" tasdiqlandi.

Dasturning 16-bandida UzReport Axborot agentligi va Nordik universiteti tomonidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari o‘zbek tili o‘qituvchilari o‘rtasida Erkin Vohidov nomidagi "E, Voh" respublika o‘zbek tili olimpiadasining anʼanaviy tarzda tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102115 | Инструменты